22:43 / 01.01.2019
4 283

Ateist nimadan umid qiladi?

Ateist nimadan umid qiladi?
Eduard Limonovning “Supermenning so‘nggi kunlari”, deb nomlangan qiziqarli bir kitobi bor. Yaqinda o‘qib chiqdim. Mazmuni odamlarni doim qiziqtirib keladigan ko‘hna mavzu – o‘lishi aniq bo‘lgan kasalga chalingan inson o‘zini qanday tutadi?

«Eduard Limonovning qahramoni Genrix ateistdir. Og‘ir kasalga chalinganini bilgach, so‘nggi kunlarida "supermen" bo‘lishga qaror qiladi. So‘nggi pullariga qurol sotib oladi, restoranda qurolli bosqinchilik uyushtiradi, so‘ng sobiq xotinining o‘ynashini o‘ldiradi, o‘n to‘rt yashar qizning nomusiga tegadi, bankni o‘maradi va o‘zi reja qilganidek fransuz politsiyachilari bilan otishmada o‘ladi» (kitobdagi voqealar Parijda bo‘lib o‘tadi).

Xuddi shu mavzuda Yuriy Mamleyevning bir hikoyasi bor. Oddiy sovet prorabi, aksar sovet odamlari kabi ateist: u ham saraton kasaliga chalinganini bilib qoladi, shifo topishga umuman umid ham yo‘q...

– Hech qisi yo‘q, deb o‘ylaydi prorab, – mening ishlarim mehnatlarimda aks etadi. Urushdan keyin u yog‘ochdan butun boshli kvartalga teng keladigan ikki qatli yog‘ochdan uylar qurgan, shu uylarda odamlar yashaydi va ularning xotirasida bo‘laman.

Ishga kelsa, qurilishtrestning bosh muhandisi u qurgan uylar buzilib o‘rniga yangi uylar tushajagi haqida xabar beradi.

– Biroq, farzandlarim borku, deb o‘ylaydi prorab. Farzandlarim allaqachon ulg‘ayib, hammasi tarqab ketgan.
– Ayolim borku! Toki u hayot ekan meni yodida saqlaydi!

Tasodifan ayolining o‘ynashi borligini bilib qoladi, ayoli esa, uni tezroq o‘lib kvartirasi bo‘shashini kutayotgan bo‘ladi.
Ateist nimadan umid qiladi? Hech narsasi yo‘q. O‘lish esa dahshat. Oldinda bo‘shliq...

Xullas gapimning avvaliga qaytaman, ateistlarning juda xavfli tarafini o‘zimga kashf qildim. Boshga og‘ir sinovlar kelganida ateist o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Oldida, kelajakda faqat qop-qora bo‘shliq, deb ishonadi. Va ko‘p hollarda jinoyatga qo‘l uradi... O‘lib ketgandan keyin hech qanday hayot, demak jazo va mukofot, yo‘q deb yashaydiganlardan ehtiyot bo‘lish kerak...
Abu MUSLIM

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ateist nimadan umid qiladi?