08:24 / 02.01.2019
4 512

Namangan viloyati hokimligi xodimlari endi maxsus kiyimda yuradigan bo‘lishdi

Namangan viloyati hokimligi xodimlari endi maxsus kiyimda yuradigan bo‘lishdi
Namangan viloyati hokimligi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida viloyat hokimligida yangi tajriba yo‘lga qo‘yildi. Hokimlik apparati uchun maxsus kiyim-bosh tayyorlandi va xalq bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda ana shu xizmat kiyimidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu orqali viloyat hokimligining maxsus imijini yanada shakllantirish. Xabarda aytilishicha, ko‘plab uchrashuvlar yoki mahallalarda yurilganda fuqarolar murojaatlari kimga aytishini bilmay ovora bo‘lishadi. Aynan Namangan viloyati hokimligi tomonidan qo‘llangan yangi tajriba bu kabi holatlar oldini oladi. Endi fuqarolar turli tadbirlar yoki ular bilan uchrashuvlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat kiyimidagi hokimlik vakillariga murojaat yo‘llayverishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyati hokimligi xodimlari endi maxsus kiyimda yuradigan bo‘lishdi