«Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi joriy etilishi munosabati bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlov texnik vositalari jihozlarini o‘rnatish, qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«Xavfsiz xonadon» konsepsiyasiga ko‘ra butun respublikada texnik qo‘riqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.
Buning natijasida qo‘riqlanadigan ob’ektlardan kelib tushgan xabar joyiga nafaqat qo‘riqlash xizmati xodimlari, balki eng yaqin patrul guruhining tez yetib borishini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bundan buyon faqatgina ko‘chmas mulklar bilan birga, transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi ob’ektlarni qo‘riqlovga olishga e’tibor kuchaytiriladi.
Yangi turar joylar qurilishida ularni majburiy tarzda qo‘riqlash-yong‘in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi.
Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi darajasidan kelib chiqib, mahallalarini ularning xavfsizlik darajasining choraklik reytingini joriy etgan holda baholash hamda har yili «Eng xavfsiz mahalla» respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, fuqarolarga yengillik yaratish, o‘rnatiladigan qo‘riqlash texnikalarining sifatini oshirish maqsadida, qo‘riqlanadigan ob’ektlarda o‘rnatiladigan qo‘riqlov texnik vositalar va tizimlarini montaj, demontaj qilish, ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi «Qo‘riqlash Servis» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi