4 202
Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi bozorlarda ekani e’lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so‘mda) taqdim etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mol go‘shtining eng qimmati Chirchiqda - bir kilogramm uchun 52 ming so‘m. Eng arzon - Nukusda (26 ming so‘m).
Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentda - 46,6 ming so‘m. Eng arzoni - Jizzaxda - 28 ming so‘m. Shuningdek, poytaxt kartoshka (3,7 ming so‘m), piyoz (1,9 ming so‘m), sabzi (3,4 ming so‘m), tuxum (7,8 ming so‘m - 10 donasi), guruch (19,6 ming so‘m) narxi bo‘yicha «yetakchi»ga aylandi.
Shu bilan birga, Toshkentda ba’zi mahsulotlarning narxi eng arzon hamdir. Masalan, poytaxtda nafaqat eng qimmat kartoshka, balki eng arzoni ham bor - 1,2 ming so‘m. Piyoz narxida ham shuni kuzatish mumkin - 500 so‘m.
Eng arzon sabzi Namanganda - 900 so‘m, guruch - Gulistonda (4 ming so‘m), o‘simlik yog‘i - Andijonda (1 litr uchun 8,5 ming so‘m). O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzaxda - 13,3 ming so‘m.
Eng arzon shakar Gulistonda - 4,5 ming so‘m. Boshqa hududlarda, jumladan, Nukus va Toshkentda, u 5,5 ming so‘m turadi.
Qayd etilishicha, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi