19:15 / 17.01.2019
3 820

Bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etilmoqda

Bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etilmoqda
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ilk bor Montessori tizimida bolalar uchun ovozli (gapiruvchi) kitobcha chop etmoqda. Bu haqda Agentlikning telegrammdagi https://t.me/uzapiofficial rasmiy kanalida xabar berildi.

Mazkur kitobcha yordamida bolalar rus alifbosi bilan tanishtiriladi. Maxsus tugmalar bosilganda har bir harfning ovozli talaffuzi yangraydi va bolalar o‘z talaffuzini ovozli namuna bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi.

Har bir sahifada alifbo harflari bilan boshlanadigan narsa-buyumlarning rasmi ham aks etgan. Bolajonlar bu rasmlar orqali narsa-buyumlar qanday nomlanishini eshitib, o‘rganishi mumkin. Qolaversa, kitobchada har bir harf uchun o‘sha harf bilan boshlanuvchi to‘rtlik she’rlar ham berilgan bo‘lib, ularni audio shaklida ham tinglash mumkin.

Bundan tashqari, bolalar kitobdagi harflarning yozma namunalarini marker bilan yozishlari va o‘chirishlari mumkin. Bu esa kitobdan qayta-qayta foydalanish imkonini yaratadi.


Maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab yozuv motorikasini, so‘zlashuv nutqini rivojlantirish bilan shug‘ullanish juda muhimdir. Bolalar diqqatini matnga jalb qilishda mazkur ovozli “ABVGDEyka” alifbo kitobi katta yordam beradi.

Jumladan:
- bola u bilan mustaqil shug‘ullana oladi;
- u bolaga xohlagancha takrorlash imkonini beradi;
- bola o‘z shaxsiy ritmi asosida ishlay oladi.
Ushbu kitobcha maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda ota-onalarga bola tarbiyasiga ko‘mak beruvchi yaxshi qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz.


“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019 yilda mazkur kitobning o‘zbek tilidagi “ALIFBO”sini hamda sanoq sonlar va hayvonlar haqidagi variantini chop etishni rejalashtirgan.​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etilmoqda