O‘zbekistonda 2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l-patrul xizmatining barcha inspektorlari mobil videokamera bilan jihozlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.
Hukumatning 1 dekabrdagi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Joriy yilning 1 iyulidan boshlab YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini ochiq, mobil videokameradan foydalanib olib borishga majbur bo‘ladi», - deya xabar berishgan IIVdan.
YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda mobil videokameradan foydalanishi va bu haqda yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilishga majbur.
Eslatib o‘tamiz, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlarining barcha xodimlari mobil kameralar bilan faoliyat olib borishi zarurligi to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning dekabrida Oliy Majlis palatasiga murojaatida ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi