2019/20 o‘quv yili qabulida ham 2018 yildagi tajribani davom ettirgan holda test sinovlari jarayonida imkoniyatlarni yaratish maqsadida bir qator takliflar qaror loyihasiga kiritilmoqda, deb bayonot berdi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov.
Kun.uz nashrining ma’lumotiga ko‘ra, abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ortiqcha ovoragarchiliklar va xarajatlarni oldini olish maqsadida ularning yashab turgan manzilida Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatga olish, abituriyent tomonidan tanlanayotgan ta’lim muassasasining joylashgan hududidan qat’i nazar, o‘zi yashab turgan hududda test sinovlarinida ishtirok etishi qaror loyihasiga kiritildi.
«Shuningdek, abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini yanada oshirish maqsadida ularga bir vaqtning o‘zida uchta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berilmoqda. Bundan tashqari, ularga amal qilish muddati uch yil bo‘lgan sertifikat beriladi. Sertifikatdan ular uch yil davomida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun foydalanishi mumkin», – deydi DTM rahbari.
Kun.uz muxbirining ta’kidlashicha, bir vaqtda uchta OTMga topshirish masalasi keyinchalik optimizatsiyalashtirilib, tanlov huquqi bo‘yicha OTM soni yana oshirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi