
23 fevral kuni soat 14:50 da ichki ishlab bo‘limiga Salavat N, ismli fuqaro murojaat qilib, Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida kimdir uning avtomobilini o‘g‘irlab ketganini xabar qilgan, Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shahar IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hududida “Kobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilgan va uning haydovchisi qo‘lga olingan.
Avtomobilni o‘g‘irlagan 26 yoshli fuqaro Farg‘onalik Baxtiyorjon K. bo‘lib chiqqan. U kafeda unga orqasi bilan o‘tirgan fuqaro Salavat N.ning cho‘ntagidan avtomobil kalitini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Ushbu ish yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-bo‘limi (avtotransport vositasini o‘g‘irlash) bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar