06:00 / 05.03.2019
3 404

Oʻzbekistonliklar Markaziy Osiyoda eng uzoq umr koʻradigan millat

Oʻzbekistonliklar Markaziy Osiyoda eng uzoq umr koʻradigan millat
Oʻtgan asrning oʻrtalari bilan taqqoslaganda, odamlar 22 yil koʻproq umr koʻrishmoqda. Bu haqda Lancet jurnalida Global Burden of Disease tadqiqotlari eʼlon qilgan.

Ekspertlarning fikricha, 1950 yildan 2017 yilgacha boʻlgan davr ichida erkaklarning yoshi — 48 yoshdan 70,5 yoshgacha, ayollarda esa 53 yoshdan 76 yoshgacha oshgan.

Markaziy Osiyoda oʻzbekistonliklar uzoq umr koʻrishar ekan — 73,8 yosh. Tojikistonliklar salkam 1 yosh kamroq - 73,7. Qozogʻistonda — 72,4. Qirgʻiziston va Turkmanistonda esa koʻrsatkich — 70,9 va 70,4 yoshni tashkil qiladi.

Dunyoda eng uzoq umr koʻradiganlar gonkongliklar — 84,3 yosh, Yaponiyada — 83,8, Italiyada 83,5 yosh. Germaniyada oʻrtacha umr koʻrish — 80,6 yosh, AQSHda — 78,6 yosh, Xitoyda esa 76,2 yosh.
Turkiyada odamlar oʻrtacha — 75,7 yil, Rossiyada — 71,5 yil umr koʻrishar ekan. Eng kam umr koʻrish Mugʻulistonda ekan — 62,2 yosh.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonliklar Markaziy Osiyoda eng uzoq umr koʻradigan millat
[/banner_pushhouse