5.03.2019 yildagi “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–527-son Qonun eʼlon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 apreldan boshlab Hukumat faoliyatining yangi tartibi joriy etiladi (28.01.2019 yildagi PF–5644-son Farmon):
- Bosh vazirning oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanadi;
- ushbu lavozimlarga nomzodlarni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish va maʼqullash jarayonida ular Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalarini taqdim etadilar;
- Bosh vazir Hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlisning palatalariga Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Normaʻning yozishicha, Konstitutsiya bilan bir qatorda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida” Konstitutsiyaviy Qonunlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi