1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

1 daqiqa o'qish117
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Zamin.uz jamoasi siz azizlarni 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

Inson hayotida ustozning o‘rni beqiyos. Zero, har bir yutuq ortida o‘z bilimi, mehri va sabri bilan yo‘l ko‘rsatgan, shogirdiga ishonch bag‘ishlagan fidoyi ustozning mehnati mujassam.

Aziz ustozlar!

Sizlarning ilm va ma’rifat yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz, matonatingiz va beqiyos sabr-toqatingiz tahsinga loyiq. Siz bergan ta’lim va tarbiya, singdirgan ezgu qadriyatlaringiz kelajak avlod kamoloti uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb xotirjamligi, kuch-g‘ayrat va farovon hayot tilaymiz.

Shogirdlaringiz yutuqlari, ularning hurmati va mehri sizga doimo kuch va ilhom bag‘ishlasin. Qalbingizdagi ezgulik, yuzingizdagi tabassum va kasbingizga bo‘lgan mehr hech qachon so‘nmasin.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtaram ustozlar!

Hurmat bilan,
Zamin.uz jamoasi

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?