23:12 / 09.03.2019
7 587

Bosh prokuratura Gʻazalkentdagi qotillik boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi

Bosh prokuratura Gʻazalkentdagi qotillik boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi
2019 yil 28 fevral kuni soat 22:40larda Boʻstonliq tumani IIB navbatchilik qismining xabariga koʻra, Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahri, Markaziy m.f.y., Chirchiq koʻchasi 34-uyda yashagan 15.01.1980 yilda tugʻilgan I.U.ning murdasi oʻz yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 03.11.2003 yilda tugʻilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan ogʻir tan jarohatlari bilan topilib, tuman koʻp tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 1 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 01.03.2019 yilda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

02.03.2019 yilda N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat oʻrnatildi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Gʻazalkentdagi qotillik boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi