12:23 / 12.03.2019
3 793

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Davlat rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy eʼtibor qaratib kelmoqda. 2017 va 2018 yillardagi tashriflar chogʻida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda koʻp ishlar amalga oshirildi.

Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy obyektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi