“Toshshahartransxizmat” AJda avtobus yoʻnalishlarida muntazam oʻtkazilayotgan monitoring natijalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama etildi, deb xabar beradi Kun.uz.
Avtobuslardagi nosozliklar, haydovchi va chiptachilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yigʻilishning bosh mavzusi boʻlgan. Jumladan, avtobuslarda hamon antisanitariya holatlarining uchrayotgani, salon qismlaridagi nosozliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmayotgani, haydovchilarning “GPS” tizimini qasddan oʻchirish kabi qator holatlarning qayd etilayotgani taʼkidlangan.
Ayniqsa, 1-, 2-, 4-avtobus saroylariga qarashli avtobuslarda ana shunday oʻzboshimchalik va oʻzboʻlarchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani koʻp aniqlangan.
Yigʻilish xulosasiga koʻra, bunday holatlarga masʼuliyatsizlik bilan qaragan haydovchilar ishdan olindi.
Bundan oldin, Toshkentda bir nechta avtobus yoʻnalishga chiqarilmagani, ularning sanitariya va texnik holati talab darajasida boʻlmagani va haydovchilarning, chiptachilarning muomala madaniyati talab darajasida emasligi aytilgan edi. Oldinroq esa avtobusga chiqqan yoʻlovchiga qoʻpol muomala qilganligi uchun bir nafar haydovchi va chiptachiga hayfsan berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi