Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi Urganch tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Urganch tumanida yashovchi fuqaro S.Yu.Yangibayevning murojaatiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar, “N.Kubro” koʻchasida yashovchi, F.Saburboyev, hech qayerda ishlamasdan va foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, firibgarlik yoʻli bilan yengil daromad topib boyish maqsadida, oldindan oʻziga tanish boʻlgan Z.Yaqubovaning iltimosiga koʻra, tamomlangan ijro ishi boʻyicha S.Yangibayevdan pul undirish maqsadida, undan “1 mln. soʻm pul evaziga ushbu pullarni undiruvchi Z.Yaqubovaga berib, aliment ishini yopib beraman” deb aldab, ishonchini suisteʼmol qilib, 1 mln. soʻm pullarni Urganch tumani, Mustaqillik koʻchasida joylashgan qurilish mollari doʻkoni yonida olgan vaqtida, Byuroning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Urganch tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ushlandi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro F.Saburboyev tomonidan oʻz ixtiyori bilan 1 mln. soʻm tekshiruvlarga taqdim qilindi va ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Mazkur holat boʻyicha fuqaro F.Saburboyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovni tashkillashtirish uchun Urganch tuman prokuraturasiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi