Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba 25-27 aprel kunlari poytaxtimizda yirik xalqaro yuridik forum — “Tashkent law spring” boʻlib oʻtadi.
Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, forumda 1000dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Ularning 250 nafari AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya singari qator mamlakatlardan tashrif buyurayotgan ekspertlar, Koreya, Singapur, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Shri-lanka, Belarus, Ozarbayjon, Afgʻoniston kabi davlatlarning Adliya vazirlari va oʻrinbosarlari, qonun chiqaruvchi organlari va dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbarlaridir.
Bundan tashqari, forumda “The Legal 500” xalqaro reytingida yetakchi boʻlgan yuridik kompaniyalar ham ishtirok etadi.
Forum kun tartibidan “Sifatli davlat boshqaruvi”, “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish”, “Faol investitsiya siyosati” yoʻnalishlarida 17 ta muhokama sessiyalari, “Sud ekspertiza” va “Notariat” mavzularida davra suhbatlari va turli mavzularda master klasslar oʻrin olgan.
“Toshkent huquq bahori” jonli muloqoti orqali huquq sohasidagi qiziqarli va eng murakkab masalalarni katta maydonda muhokama qilish imkoniyatini beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi