07:20 / 24.04.2019
1 958

Qadimiy Langar Qur’oni Diniy idoraga topshirildi

Qadimiy Langar Qur’oni Diniy idoraga topshirildi
Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi rahbari Firdavs Abduxoliqov 2019 yil 19 aprel kuni Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga taqdim etdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Islom dinining asosiy manbasi hisoblangan Qur’oni karimning eng qadimiy nusxalari xalqimizning bebaho merosi sifatida qadrlanadi. Hozirda ma’naviy meroslardan biri bo‘lgan VIII asrga oid Katta Langar Qur’onining 13 ta sahifasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Endilikda uning yonida qolgan sahifalarning faksimile nusxasi ham o‘rin oladigan bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)