13:39 / 27.04.2019
2 074

Toshkentda uy olib berish va’dasi bilan pul olgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda uy olib berish va’dasi bilan pul olgan firibgarlar ushlandi
2019 yil 25 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unga ko‘ra, 2018 yil oktyabr oyida Sputnik dahasida yashovchi, korxona rahbari X.E. va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi J.X.lar, Yashnobod tumanida yashovchi L.H. ismli ayolga MChJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishliklarini aytishgan.

Xabarda aytilishicha, ular aldov yo‘li bilan ayoldan Sergeli dahasi hududida 12 000 AQSh dollarini olishgan va shu kunga qadar va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uy olib berish va’dasi bilan pul olgan firibgarlar ushlandi