00:30 / 03.06.2019
4 744

«Ko‘rdingizmi mehmon, bizda hatto mollar ham yozishni biladi»

«Ko‘rdingizmi mehmon, bizda hatto mollar ham yozishni biladi»
Inson oilasi, mahalladoshi yoki vatandoshi qilgan ish bilan g‘ururlanishi mumkin. Masalan sportchilarimiz yutuqlaridan g‘ururlanamiz-ku! Shuningdek, vatandosh qilmishidan uyalishi ham mumkin, "chet eldan kelgan mehmon sizlarda shunaqami, desa, nima deyman", deb. Mana bu kadrlarga qarab, shu ishni qilgan yigitlar, nahotki bir millat biz bilan, deb orlanib turgandim, bir hazil-mutoyiba esga tushib ketdi.

Xullas, bir traktorchi yigit ikkita do‘sti bilan bir joyga borishi kerak ekan, kabinkada haydovchidan boshqaga joy yo‘q, traktorni aravasiga (telejka) ikki og‘aynisini chiqarib, "Yo‘lda GAI ni ko‘rsanglar, ko‘rinmaydigan bo‘lib pastlab o‘tirib olinglar", deb tayinlabdi. Yo‘lda GAI to‘sib, "nega ta’qiqlangan holatda odam tashiyapsiz?, desa, o‘rtoqlari yashirinib olmaganidan jahli chiqqan haydovchi "men odam tashimayapman, bular - mollar! Agar mol bo‘lmaganida, sizni ko‘rib, berkinib olgan bo‘lar edi!", degan ekan.

Shu mutoyibani eslab, men ham o‘zimga aytdim, bularni bizni vatandoshlar emas, mollar qilgan! Chet elliklarni shu narsalarga hayron qarab turganini ko‘rsangiz, "ko‘rdingizmi, mehmon, bizda hatto mollar ham yozishni biladi", deb maqtanib qo‘ying...

Dilshod Odilov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ko‘rdingizmi mehmon, bizda hatto mollar ham yozishni biladi»