Sevgan qizining uyiga sovchilikka borishga ko‘nmagan, to‘g‘rirog‘i, qizni o‘zlariga «teng» bilmagan xolaning gaplari jiyaniga og‘ir botdi. Yigitning onasi ham singlisining gapidan chiqmadi.
Qisqasi, onasi va xolasini yo‘lga sola olmagan yigit ulardan... qasos olishga qasd qildi. Qanday qilib?
Xola ham o‘zlari bilan yashashi yigitga qo‘l keldi. U xolasi uyda yo‘qligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan temir seyfni yarim tunda hovlining orqa tomoniga olib o‘tadi. Shubhaga o‘rin qoldirmaslik uchun seyfni kalit bilan emas, kuchli temir yordamida ochadi va... 50 000 000 so‘mlik tilla buyumlarni olib, ko‘cha boshidagi axlat uyumlari orasiga yashirib qo‘yadi.
Ertasiga uyga kelgan xola seyf joyida emasligidan tashvishga tushib, darhol IIBga xabar beradi.
IIB xodimlari ishga kirishganidan xavotirga tushgan jiyan «aybini yuvish»ga tushadi deng. Ya’ni, yashirgan joyidan tillalarni olib, xolasining ikkinchi seyfiga, hech kimga sezdirmay solib qo‘yadi. So‘ng... ichki ishlar bo‘limiga borib, aybiga iqror bo‘ladi.
Ish sudga o‘tgach, jiyanga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga o‘tkazgan holda uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Xoladan qasos olishga o‘ylamay qilingan harakatning yakuni shu bo‘ldi.
Jiyan-u xolaning ismi-sharifi, manzilini yozib o‘tirmadik. Bunga hojat yo‘q. Maqsad - adovat, alamzadalik kishining ko‘zini ko‘r, aqlini zaif qilib qo‘yishini ta’kidlamoq, xolos.
Mayli, pardani sal ko‘taramiz: voqelik Namanganda sodir bo‘ldi.
Yana bir gap: turmush masalasida yoshlarning ko‘ngliga ham qarash kerakmikan? Ko‘ngil ishi nozik-da.
Akramjon Aripov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi bo‘limi boshlig‘i
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi bo‘limi boshlig‘i
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi