10:20 / 24.06.2019
3 629

O‘zbekistonlik snayperlar «ArMI – 2019» musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekistonlik snayperlar «ArMI – 2019» musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda
«ArMI – 2019» xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Belarus respublikasida o‘tkaziladigan «Merganlar marrasi» bellashuvida o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etadi. Ayni vaqtda nufuzli musobaqaga tayyorgarlik Sharqiy harbiy okrugda qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash kerakki, nufuzli tadbirning o‘tgan yilgi bahslarida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan mamlakatimiz vakillari 18 davlatning 19 jamoasi ichida munosib qatnashib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Bu yilgi bahslarda ishtirok etish uchun 8 nafar mergan Farg‘ona dala- o‘quv maydonida tayyorgarlik olib borishmoqda.

– Belarusda bo‘ladigan musobaqaga 3 ta juftlikni olib ketaman, biroq ayni paytda 4 ta juftlikni tayyorlayapman. Chunki har doim raqobat muhiti bo‘lishi kerak. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishamiz. Merganlarning tayyorgarligi yaxshi. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Jamoamiz bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz, – deydi jamoa rahbari podpolkovnik Qudrat Ergashboyev.

Musobaqa ishtirokchilari asosan 3 ta shart bo‘yicha bellashadi. Har bir shart bir nechta mashqlardan iborat.

Yakuniy natija shartlar davomida to‘plangan ballarning umumiy hisobi bo‘yicha aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik snayperlar «ArMI – 2019» musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda