«Qo‘yliq» bozorida bir necha fuqarolar tomonidan ikki erkakning kaltaklanishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, hodisa 2 iyul kuni taxminan soat 16:30larda sodir bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilgan bozor sotuvchilari - Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 30 yoshli S.Sh. va Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, 31 yoshli A.T. Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 35 yoshli J.E.ga tegishli bo‘lgan «Kobalt» avtomobili ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan ochilayotganini payqab qolishgan.
Xabarda aytilishicha, shundan so‘ng S.Sh., A.T. va ushbu bozorning yana bir sotuvchisi Sh.Sh. ushbu hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, voqea joyida payqalgan, muqaddam sudlangan, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 40 yoshli S.T. va 39 yoshli A.K.ga hujum qilishgan hamda tan jarohati yetkazishgan.
Ushbu holat yuzasidan S., A. va Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. S.T. va A.K. tomonidan avtomobildan pul o‘g‘irlashga urinish holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘irlik») bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi