«Qo‘yliq» bozorida bir necha fuqarolar tomonidan ikki erkakning kaltaklanishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, hodisa 2 iyul kuni taxminan soat 16:30larda sodir bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilgan bozor sotuvchilari - Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 30 yoshli S.Sh. va Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, 31 yoshli A.T. Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 35 yoshli J.E.ga tegishli bo‘lgan «Kobalt» avtomobili ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan ochilayotganini payqab qolishgan.
Xabarda aytilishicha, shundan so‘ng S.Sh., A.T. va ushbu bozorning yana bir sotuvchisi Sh.Sh. ushbu hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, voqea joyida payqalgan, muqaddam sudlangan, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 40 yoshli S.T. va 39 yoshli A.K.ga hujum qilishgan hamda tan jarohati yetkazishgan.
Ushbu holat yuzasidan S., A. va Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. S.T. va A.K. tomonidan avtomobildan pul o‘g‘irlashga urinish holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘irlik») bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi