
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurayotgan ko‘p sonli fuqarolarni mazmunli hordiq olishlari uchun har tomonlama xavfsizlikni ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha ichki ishlar organlari xizmatlarini kuchaytiradi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tumanga eltuvchi yo‘llar, dam olish maskanlari va chorbog‘ zonasining markaziy qismlariga qo‘shimcha shaxsiy tarkib biriktirilib, kunduzgi va tungi vaqtlarda fuqarolar xavfsizligi uchun xizmat ko‘satish sifati oshiriladi.
“Bo‘stonliq tumanida ichki ishlar organlari xizmatlarining kuchaytirilishi, tashrif buyurayotgan ko‘p sonli mehmonlarni tinchlik va xavfsizlikda, mazmunli hordiq olishlari hamda ularning murojaatlari bo‘yicha joyida tezkor va manzilli yechim topishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.