20:50 / 30.07.2019
3 704

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 30 iyul kuni xalq deputatlari Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati hokimining telegram kanalida xabar qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu kunga qadar Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Hamza Hakimovich To‘ychiyev Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

To‘ychiyev 1978 yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2001 yil Samarqand Qishloq xo‘jalik institutini, 2004 yil O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini bitirgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Yig‘ilish natijasiga ko‘ra, Jomboy tuman hokimi Umidjon Nazarov hamda Samarqand tumani hokimi Shuhrat Jamolov qolgan 3 sektor rahbarlari bilan birga egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi