Mirziyoyev foydalanilmayotgan salohiyat, obro‘yi tushib ketgan «ma’naviyat» tushunchasi va XTV mavqesi haqida gapirdi

2 daqiqa o'qish2.4K
Mirziyoyev foydalanilmayotgan salohiyat, obro‘yi tushib ketgan «ma’naviyat» tushunchasi va XTV mavqesi haqida gapirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni ta’lim tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Biz keyingi paytda, ming afsuski, «ma’naviyat» tushunchasining obro‘yini tushirib yubordik. Ma’naviyatga go‘yoki keraksiz narsadek munosabatda bo‘ldik. Bugun ko‘pchilik yoshlar ongini iste’molchilik kayfiyati, Vatan, el-yurt taqdiriga beparvolik, «ommaviy madaniyat» ko‘rinishlari egallab olmoqda. O‘zingiz ayting, o‘z xalqining tarixini, ma’naviy va diniy qadriyatlarini hurmat qilmaydigan, ularni himoya qilishga qodir bo‘lmagan odam vatanparvar va elparvar bo‘lishi mumkinmi?

Buyuk ajdodlarimiz o‘zlarining ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan dunyoga ustozlik qilishgan. Boshqalarga ergashmagan, balki boshqalarni o‘z ortidan ergashtirgan. Biz ham ergashuvchi emas, ergashtiruvchi kuchga ega xalq bo‘lishimiz shart. Aks holda, taraqqiyot yo‘lidan chekkaga chiqib, yana tanazzul botqog‘iga botamiz. Ota-bobolarimiz erishgan marralarni osongina boy berib qo‘yamiz. Bu ajdodlar ruhiga, kelajak avlodlarimizga xiyonat emasmi? Bu sohada bugun shoshilinch choralar ko‘rmasak, ertaga kech bo‘ladi.

Joylarda maktablarning qurilishi, o‘quv yiliga tayyorgarlik uchun hokimlar va sektor rahbarlari shaxsan mas’ul. Lekin, ularning ba’zilari bu masalaga yetarli e’tibor qaratmayapti. Shu sababli, Xalq ta’limi vaziri va tizim boshqaruv xodimlari bunday tashkiliy ishlar bilan ovora bo‘lib qolmoqda. Holbuki, Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy hayotimizdagi, hukumatdagi nufuzi va ta’siriga ko‘ra Moliya vazirligi bilan barobar bir mavqeda turishi kerak.

Vazirlik va uning bo‘linmalari ta’lim-tarbiyaning mazmuni, o‘quv dasturlari, uning sifati va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratishi zarur. Misol uchun, bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 400 nomdagi 32 million nusxa darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr qilingan. Bu rejadagi ko‘rsatkichning faqatgina 87,5 foizini tashkil etadi. Bu masalalar bilan bevosita shug‘ullanishi lozim bo‘lgan Respublika ta’lim markazi, Abdulla Avloniy nomidagi rahbar xodimlar malakasini oshirish instituti, viloyatlarda o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari bor. Nizomiy nomidagi butun bir universitet, hududlarda 6ta pedagogika institutlari mavjud.

Lekin bu tuzilmalar o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning bilim va malakasini oshirish, darsliklar saviyasini yaxshilash uchun qanday amaliy ishlarni qilmoqda? Bunday salohiyatdan nima uchun unumli foydalanilmayapti? Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, oliy ta’lim vaziri I.Majidov, innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov bunga nima deydi?» - deya o‘zining tanqidiy fikrlarini bayon etdi davlatimiz rahbari.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?