O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi. Bugun, 29 avgust kuni tashkilotda yig‘ilish o‘tkazilgan va unda Quronboyev ishdan ketgani e’lon qilingan.
Qahramon Quronboyev 2017 yil 30 iyunda tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqi faoliyat boshlaganidan buyon harakatga rahbarlik qilib keladi. Yoshlar Ittifoqi sobiq «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati negizida tashkil etilgandi.
Qahramon Quronboyev 2018 yil 5 iyun kuni vodiyda kelin-kuyovning to‘y kortejini to‘xtatib, ularni taksiga o‘tirg‘izib yuborganini OAV bilan uchrashuv vaqtida aytganidan so‘ng keskin tanqidlar ostida qolib ketgan va Quronboyevning bu harakatini prezident Shavkat Mirziyeyov ham qoralagandi.
Quronboyevning yangi lavozimi ham aniq. U davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi