
Kecha, 6 sentyabr kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonuniga yangi moddalar kiritish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning iste’mol xususiyatlarini yo‘qotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida:
- g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi;
- transport vositalariga nisbatan to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi;
- utilizatsiya yig‘imining to‘lanishi ko‘zda tutilgan transport vositalarining turlari va toifalari, shuningdek utilizatsiya yig‘imini undirish nazarda tutilgan.
«Yuksalish» umummilliy harakati xabariga ko‘ra, hujjat loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Qonun O‘zgartirishEkologik XavfsizlikTabiatni MuhofazaTransport VositalariChiqindilar To‘g‘risidaYuksalish Harakati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar