3 579
Mo‘ynoq tumanida brakonerlar ishtirokidagi otishma bo‘yicha 3 kishi hibsga olindi (foto, video)
Noqonuniy ovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi. Qonunbuzarlar 5 kishidan iborat bo‘lgan. Ular tomonidan inspektorlar avtoulovining o‘n joyiga o‘q uzilgan.
Baxtli tasodif tufayli jarohatlanganlar yo‘q, barcha inspektorlar sog‘-salomat. Ma’lumotlarga qaraganda brakonerlarga o‘rmon xo‘jaligi xodimi ham hamrohlik qilgan va ovchilar 20 bosh kiyikni otib o‘ldirgan va qochib ketishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura ham bayonot berdi: “2019 yil 5 sentyabr kuni soat 06:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari T.Toreniyazov, D.Kallibekov va A.Kalimbetovlar tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi “Qazaqdarya” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Akpetkey” ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida, davlat raqami bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashinada bo‘lgan noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan 5 nafar fuqarolar inspektorlarning qonuniy talabiga bo‘ysinmasdan, voqea joyidan qochib ketishni ko‘zlab, qo‘mita xodimlari boshqaruvidagi davlat raqami 95 Y 469 GA bo‘lgan avtomashina baloniga o‘q otar ov miltig‘i bilan o‘q uzib, voqea joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomonidan 2019 yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ulardan 3 nafari ushlangan.
Shuningdek, tezkor xodimlar tomonidan qolgan 2 nafar fuqarolar qidirilmoqda. Noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar boshqaruvidagi “UAZ” rusumli avtomashinaning davlat raqami 80 S 401 YeA ekanligi aniqlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda” deyiladi prokuratura xabarida.
Опубликовано Наргис Косимова Пятница, 6 сентября 2019 г.
Suratlar va video Nargis Qosimovaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi