Foto: Oliy Majlis Senati
Bugun, 10 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati binosida YeXHT huzuridagi doimiy vakolatxonalar rahbarlari delegatsiyasi va Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
22 mamlakatdan tashrif buyurgan vakillar parlament faoliyati bilan tanishishdi. Ularga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan islohotlar borasida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari gender tengligi masalalariga qay darajada e’tibor berilayotgani borasida savollar bilan yuzlanishdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda ayollarning siyosiy faolligini oshirishda amalga oshirilayotgan harakatlar borasida atroflicha to‘xtaldi.
«Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan butun respublika bo‘ylab faol ayollar ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, unga 6 mingga yaqin ayollar kiritilgan. Biz ularning nomzodini parlamentga tavsiya qilyapmiz. Shu orqali ayollarning qonunlar qabul qilinishida ishtirokini ta’minlash imkoniyati bo‘ladi. Bu yo‘nalishda yana bir yutug‘imiz – xotin-qizlarning jamiyatda rolini oshirishga qaratilayotgan ishlar ularga nisbatan avvalgi, eskirgan stereotiplarni o‘zgarishiga yordam berayotganligidir. O‘zbekistonda parlamentning 28 foizini ayollar tashkil etadi va buni 40 foiz va undan yuqoriga ko‘tarish niyatidamiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
YeXHT vakillari O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida Senat bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha taklif bildirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)