Yashnobod tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 17 oktyabr kuni soat 10:45da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi.
IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan.
Biroq, masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., "Kobalt" rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., "Kaptiva" rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va "Neksiya" rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.
“Hurmatli haydovchilar! Unutmang, zarur bo‘lganda muammosiz to‘xtashga imkon bo‘ladigan tezlikda masofa saqlagan holda harakatlanishingiz kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling! Sizning sog‘lig‘ingiz hamda avtomobilingizning butunligi o‘z qo‘lingizdadir”, - deyiladi IIBB ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi