3 032
Bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga kira olmagan maktablar attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi
Poytaxtdagi 238-umumta’lim maktabida «Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili» mavzusida Respublika seminari o‘tkazildi. Seminar Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev, vazirlikning tegishli boshqarma hamda hududiy bo‘lim boshliqlari, shuningdek soha vakillari ishtirok etdi.
Seminarda asosiy e’tibor umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish masalasiga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar umumta’lim maktablari faoliyatini baholash bo‘yicha yaxlit samarali tizim bo‘lmaganini, attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini qog‘ozbozlikdan holi va adolatli ko‘rinishda tashkil etish lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda YuNISEF ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, kelgusida jahon tajribasidan kelib chiqib, muassasalarining bevosita o‘zini o‘zi baholashda ishtirok etishi aytib o‘tildi.
Sho‘’ba yig‘ilishlarida mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasalarini ichki va tashqi attestatsiyadan o‘tkazish tartiblari muhokama qilindi.
Kelgusi o‘quv yilida bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga kira olmagan 2,1 mingdan ziyod ta’lim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazilishi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi