19:46 / 01.11.2019
2 755

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlandi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlandi
Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 21:40da fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro Sh.J.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50-kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MChJga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada «Neksiya» avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda «Lasetti» avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlandi