
Senat tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi farmoniga binoan Oliy Majlisi Senati a’zosi Svetlana Boymirzayevna Ortiqovaning vakolati muddatidan avval tugatildi.
Shuningdek, Prezidentning 2019 yil 7 noyabrdagi farmoniga asosan Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ham Svetlana Ortiqovaning bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida rasman ma’lum qildi.
Svetlana Ortiqova 1962 yil 1 yanvarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligiga ko‘ra, huquqshunos, ko‘p yillar davomida prokuratura organlarida faoliyat olib borgan.
2015 yildan 2019 yilga qadar Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevga o‘rinbosarlik qilgan edi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunidan beri O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi.
Svetlana OrtiqovaO‘zbekiston RespublikasiBosh ProkurorOliy MajlisiHuquqshunosProkuratura Organi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar