Zoxirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi (video)

Zoxirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi (video)
Zoxirshoh Jo‘rayev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko‘rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.

Ko‘rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini so‘radi. "Bu yolg‘on. Biz bu mish-mishlarni kulgi bilan qabul qilamiz. O‘ylaymanki, bu kabi mish-mishlarning tarqalishi Botir Qodirovning onasiga nisbatan katta hurmatsizlik", - dedi Zoxirshoh. Qayd etish lozimki, Botir Qodirovning onasi Sherali Jo‘rayevning raqqosasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Botir Qodirov xonandaning o‘g‘li bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar bundan bir necha yil ilgari tarqalgan edi.

Ma’lumot o‘rnida:
Bu gap-so‘zlarga jiddiy e’tibor qaratgan Sherali Jo‘rayev to‘ylardan birida qilgan chiqishida uning o‘g‘illari ikkita ekanini qayd etgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar