2 635
Saylovga stollarni bezatish uchun o‘qituvchilar maoshidan ushlab qolish “topshirig‘i” o‘rganildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi kamida ikkita maktabda ma’muriyat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishga stollarni bezatish, gilam solish uchun o‘qituvchilar maoshidan 50 000 so‘mdan olib qolinayotgani ma’lum qilingan. Ushbu holat o‘rganilib, Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.
Ushbu fikrlarni rad etgan holda Yangiyo‘l shahar xalq ta’limi bo‘limi saylov uchastkalari o‘quv jarayoniga halal bermay tashkil etilayotganligi, xonalar jihozlanishida hech qanday mablag‘ sarflanmaganligi va maktab ma’muriyati tomonidan pul mablag‘i yig‘ilmaganligini ma’lum qiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining “Saylovning moliyalashtirish” haqidagi 17-bob 98-, 99-, 100-moddalarida saylov jarayonini moliyalashtirish haqida aniq ma’lumot berilgan. Ya’ni saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Tashkil etilayotgan saylov xonalarining jihozlanishi, kerakli hujjatlar bilan ta’minlanishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari saylovini tashkil etuvchi hamda uni o‘tkazuvchi shahar komissiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar o‘z fikrlarini aniq ma’lumotlar asosida izohlamagan. Ayrim blogerlar Yangiyo‘l shahri haqida fikr bildiryaptimi yoki Yangiyo‘l tumani haqidami, aniq bilib bo‘lmaydi. Maqolaning boshida Yangiyo‘l shahri maktablari haqida ma’lumot berib, maqola o‘rtasiga kelganda “tuman hokimligi maktablar direktorlariga noyabr boshida saylov uchun pul o‘tkazib berish to‘g‘risida "og‘zaki topshiriq" bergan”, degan mujmal dalillarni keltirmoqda. Shulardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumot noto‘g‘ri.
Saylovga tayyorgarlik jarayoni Markaziy saylov komissiyalari va ularning hududdagi komissiyalari tomonidan tashkil etilmoqda. Yangiyo‘l shahar Xalq ta’limi bo‘limi yuqorida keltirilgan xabarni mutloq noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi hamda o‘qituvchilardan 50000 so‘mdan mablag‘ yig‘ilgan, degan asossiz xabarni rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi