Toshkent shahri markazidagi «Matbuot uyi» binosi yana sotuvga qo‘yildi. E-ijro auksion ochiq auksionda bu binosining sotuvi haqida yana e’lon berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, matbuotchilar ko‘chasi 32-uyning maydoni 9.890 kv.m bo‘lgan 7 qavatdan iborat binoning 3,4,5,6,7 qavatlari va chordoq qismi Iqtisodiy sudning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yilgan.
18 750 000 000.00 so‘m bilan savdoga qo‘yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya’ni bir nechta gazeta va jurnallar tahririyatlari joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham «Matbuot uyi» binosi ochiq auksionga qo‘yilgan edi. Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, Toshkent shahar hokimiyati mazkur ish hujjatlari qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qilib, muammoni ijobiy hal etgandi.
Ya’ni, jamoatchilikning faol qarshiligi va mutasaddilarning mavjud muammoli masalaga yechim topishi oqibatida bino kredit garov ta’minoti sifatida bekor qilingan va «Matbuotchilar uyi» jurnalistlarda, ya’ni avvalgidek, Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida (balansida) qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi