date
views 5 096

Gulnora Karimova «komandasi» bilan kelishmagani uchun uzoq yilga «kesilgan» «Muvad-video» rahbari oqlandi

Gulnora Karimova «komandasi» bilan kelishmagani uchun uzoq yilga «kesilgan» «Muvad-video» rahbari oqlandi
Foto:«Xabar.uz»
Gulnora Karimova «komandasi» bilan «yo‘llari kesishgani» sabab 2013 yilda bor-burdidan mosuvo qilingan holda 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan «Muvad-video» rahbari Abdushukur Islomov va ikki akasi oqlandi. Bu haqda kenja Islomov «Feysbuk» tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi deb yozadi "Xabar" nashri.

«Biz aka-uka Islomovlarga 2013 yildagi chiqarilgan nohaq hukm, bugun 28 noyabr 2019 yili (bekor qilindi), adolat qaror topdi va oqlandik», deb yozadi A. Islomov.

Eslatib o‘tamiz, Islomovlarning boshiga tushgan ko‘rguliklar xususida roppa-rosa bir yil avval saytimizda «Senimi, shoshmay tur?!» sarlavhali tanqidiy-tahliliy maqola e’lon qilingandi. Shu yilning yozida esa ularga nisbatan chiqarilgan hukm Oliy sud tomonidan bekor qilinib, qayta ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborilgani xabari berilgan edi.

Aftidan, qayta o‘tkazilgan sudda aka-ukalar oqlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimova «komandasi» bilan kelishmagani uchun uzoq yilga «kesilgan» «Muvad-video» rahbari oqlandi