UzAuto Motors tumanli ob-havoda avtomobil boshqarish bo‘yicha 5 maslahat berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda tabiatimizda tuman tushishi hodisasi tez-tez yuz bermoqda. Bu haydovchilar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ammo quyidagi oddiy tavsiyalarimizga amal qilsangiz muammoni osongina hal etishingiz mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.
Ular:
- yo‘lga chiqishdan avval chiroq moslamalarini tekshiring. Yoqib ko‘ring, tashqi tekshiruv o‘tkazing.
- yo‘lda tumanga qarshi faralarni albatta yoqib oling. Avtoulovdagi barcha yoritgichlarni ishga tushirish shart emas, sababi tuman barcha yorug‘likni o‘zingizga qaytarib, yo‘l hodisasi yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
- tumanli hududga kirishdan avval iqlim-nazorati: pech yoki konditsionerni yoqing. Ular kondensat yuzaga kelishining oldini oladi.
- zarur holatda tezkor qaror qabul qilish uchun masofani saqlang. Masofa kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq.
- yo‘lda shoshilmang. Yuqori tezlikda harakatlanganda yo‘lni ko‘rish imkoniyati past sharoitda tezkor chora qabul qilish murakkab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi