
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, senator Farrux Dadaxoʻjayev qoʻmitaning 13-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida yoʻllardagi patrul postlari faoliyati yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirib oʻtdi.
Senator katta yoʻllar boʻyidagi patrul postlarining har biri kriminalning uyasi ekani, noqonuniy postlar borligi haqida gapirdi. Uning aytishicha, yoʻl boʻylarida “Stop” belgisini qoʻyishda noqonuniyliklar kuzatilmoqda.
“Belgini faqatgina favqulodda vaziyatlarda qoʻyish kerak. Kunduzi hamma belgilarni olib tashlaydi. Keyin kechqurun yana qayta qoʻyib olyapti. Har bitta patrul posti kriminalning uyasi. «Stop” belgilarini “karmannыy” qilib olishgan. Bayram oldi profilaktika ishlari uchun qoʻyganmiz, deyishadi. Bayram uchun belgi bir oy oldin qoʻyilmaydi. Qonuniy tartibda tashkil etilgan postlarning har birida fotonazorat, talab etiladigan kuzatuv moslamalari boʻlishi shart», - dedi Farrux Dadaxoʻjayev.
Qoʻmita raisi ayniqsa Fargʻona ─ Toshkent oraligʻi yoʻl belgilari va postlarini qatʼiy nazoratga olish lozimligini taʼkidladi.
Farrux DadaxoʻjayevMudofaa va XavfsizlikPatrul PostlariQonuniy TartibKriminal UyasiYoʻl Belgilari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar