19:00 / 18.12.2019
2 356

O‘zbekistonda jahon standartlaridagi golf klublari quriladi

O‘zbekistonda jahon standartlaridagi golf klublari quriladi
Toshkent, Samarqand hamda Jizzax viloyatlarida jahon standartlariga to‘la javob beruvchi golf klublari ochiladi. Bu haqda Amirsoy tog‘-chang‘i kurort majmuasi ochilishiga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Biz turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz. Dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni jalb qilish uchun golf klublarini tashkil qilish juda muhimdir. Hozirda biz golf klublarini tashkil etish bo‘yicha uchta loyihani amalga oshirmoqdamiz”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Uning qayd qilishicha, qo‘shni Qozog‘istonda to‘rtta shunday golf majmualari mavjud. Hozirda mavjud bo‘lgan ko‘l bo‘yidagi Toshkent golf klubi bunday talabga javob bermaydi.

Menimcha, yangi golf majmualari xorijdan keladigan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Shu bilan bir qatorda ham davlat uchun ham aholi uchun pul topish imkoniyatini yaratadi. Ertaga O‘zbekistonga soliq to‘laydigan yangi sayyohlik kompaniyalari uchun katta ishbilarmonlik imkoniyatlarini yaratadi”, - deya so‘zini yakunladi Abduhakimov.

Avgustda hukumat qaroriga asoslanib Adliya vazirligi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 200 gektar yerda golf majmuasi qurilishi haqida xabar qilgan edi. Loyiha amalga oshirish uchun “Mirasmanda Golf Resort” MCHJ tashkil qilindi. Majmuada ham professional ham havaskorlar o‘rtasida golf musobaqalari tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jahon standartlaridagi golf klublari quriladi