3 767
Bosh prokuratura Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha surishtiruv boshlagan
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sharoitida fuqarolik jamiyatining rivojlanishi» mavzusidagi tadbirda Prezident xalq qabulxonalari - hokimiyat va xalq o‘rtasidagi muloqot vositasi ekani, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari va mexanizmlari, OAV sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAV roli, so‘z erkinligini ta’minlash kafolati omili sifatida blogosferani rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Tadbirda mas’ul shaxslarga Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning bloger haqidagi gaplari xususida savol berildi.
«Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha Bosh prokuratura surishtiruv boshlabdi. Surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», - deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga ko‘ra, G‘aniyev 2 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning «janozasi o‘qilmagani» uchun Quva tumani hokimini tergagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas