
Toshkentda aktrisa Luiza Rasulovani mebel yasovchisi 3 ming dollarga chuv tushirdi. Firibgarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, aktrisa Luiza Rasulova Chilonzor tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, uni chuv tushirgan Elshod ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Elshod qo‘shiqchi Rayhonning uyiga ham o‘zi mebel yasab berganligini aytib, aktrisaning ishonchiga kirgan. So‘ngra u bilan oshxona mebellari yasab berishga kelishgan. Firibgar “xizmati” evaziga aktrisadan uch ming dollarni olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ayni damda ayblanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar