Foto: Instagram/@yulduzibragimovnausmonova
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Makka hamda Madina muqaddas shaharlarini ziyorat qildi. Qo‘shiqchining Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan birga namoz o‘qiyotgani aks etgan suratlar yuklangan.
Yulduz Usmonova ushbu suratlar qachon va qayerda olinganiga oydinlik kiritmagan. Lekin manzaralar va tashqi muhitdan xonandaning ayni kunlarda Makka va Madina ziyoratida yurgani taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, Usmonova e’lon qilgan videoda o‘zbekistonlik ayolga ziyoratlar yaxshi o‘tishi haqida tilak bildirilganini tomosha qilish mumkin.
2019 yil dekabr oyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoq orqali hadislarni talqin qilishi foydalanuvchilarning keskin e’tiroz va tanqidlariga sabab bo‘lgan, Muslumonlar idorasi ushbu vaziyatga munosabat bildirgandi. Keyinchalik Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Yulduz Usmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan va bu mavzuga boshqa qaytmaslikka kelishib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)