Jizzaxda koronavirusga chalinganlar borligi haqida xabar tarqaldi

2 daqiqa o'qish19.6K
Jizzaxda koronavirusga chalinganlar borligi haqida xabar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda tarqalayotgan koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani, jumladan, Jizzax shahrida 20 nafardan ortiq odam bu kasallikka chalinib bo‘lgani, ayrimlar hatto vafot etgani to‘g‘risidagi xabar tarqalmoqda.

Telegram messenjeri orqali tarqatilayotgan xabar matni quyida juz’iy tahrirlashlar bilan keltiriladi.
«Hammaga salom. Jizzaxda Xitoyda chiqqan yangi koronovirusdan o‘lgan odamlar bor. Oblastnoy bolnitsada 20tadan ortiq odam shu simptomlarda yotibdi. Ehtiyot bo‘linglar. Sir tutishyapti hozir. «Ko‘k bozor»ni ham bejizga yopmagan.

Bolalaringizga maska tutishni aytinglar, qo‘llarini sovunlab yuvib yursin. Maktabda qo‘lini og‘ziga, burniga, ko‘ziga tekkizmasin. Ko‘chadan hech narsa sotib olib yemasin. O‘g‘il bolalar qo‘lini qo‘liga berib salomlashmasin.

Simptomlari: nafas olish qiyinlashishi, yo‘tal, baland temperatura. Obl.bolnitsada ishlaydigan odamdan olingan informatsiya.
Bizda, Jizzaxda xabaringlar bo‘lsa xitoyliklar ko‘p, «promzona»da ishlashadi
», – deyiladi xabar matnida.

Birinchi qarashdayoq na muallifi bo‘lgan, na so‘zlari mantiqiy bog‘langan bu xabar biror rasmiy manbaga asoslanmagani ko‘rinib turadi. Eng muhimi, bu kabi kasallik aniqlangan taqdirda ham bemorlar matnda keltirilganidek «Obl.bolnitsa»ga emas, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelinadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqalayotgan xabar yuzasidan rasmiy bayonot ham berdi.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalganligi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida bemor mazkur kasallikdan vafot etganligi hamda bir guruh bemorlarning ushbu virus alomatlari bilan davolanayotganligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qiladi.

Xitoydagi vaziyatni inobatga olgan holda joriy yil yanvar oyidan boshlab, respublika chegara bojxonalaridan o‘tgan fuqarolar sanitariya nazorat punktlari orqali tibbiy nazorat kuchaytirilgan holda o‘tkazilmoqda. Viloyat davolash profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarning koronavirus, gripp va o‘tkir respirator kasalliklar bo‘yicha hushyorligi oshirilgan. Gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklarga chalingan bemorlarning Xitoy hududida bo‘lganligi to‘g‘risida surishtiruvlar amalga oshirilib, ularda kasalliklar aniqlanganda tezkor ravishda yotqizish uchun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus o‘rinlar tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Shuni ta’kidlashimiz zarurki, yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aeroport, vokzal va avtomobil chegara bojxona postlarida mavjud sanitariya nazorat postlari kuchaytirilgan rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda. Tibbiyot muassasalarida ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularni alohidalab davolash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Shuningdek, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan mavsum jarayonida shahar va tuman davolash profilaktika muassasalariga gripp va o‘tkir respirator virusli kasalliklarga chalingan bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlar olinib, tahlil etib borilmoqda. Aholi o‘rtasida mavsumiy yuqumli kasallikka chalinganlarning barchasi nazoratga olingan va tegishli davo choralari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda viloyat aholisining xotirjamligini ta’minlash uchun tegishli sanitariya targ‘ibot va tushuntirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lib, aholining xavotir olishiga hech qanday sabab yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin», deyiladi «Jizzaxda koronavirus infeksiyasi tarqalgani haqidagi xabarlar asossiz» sarlavhasi ostidagi bayonotda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?