Elmurod Hayitmetov / Foto: AOKA
Bugun, 31 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va mazkur qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurod Hayitmetovning ma’lumot berishicha, agentlikka o‘tgan 135 kun davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida 1300dan ortiq murojaat kelib tushgan va ularni o‘rganish asosida 312 million so‘mdan ortiq mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Ta’kidlanishicha, murojaatlarning 21,2 foizi kommunal sohadagi kamchiliklar yuzasidan, 53,4 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 9,3 foizi transport va aloqa xizmatlari yo‘nalishiga, 16,1 foizi esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
«Ayni paytda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmini yaxshilash va reklama bozorini tartibga solish maqsadida xalqaro tashkilotlar, vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda», – deya qo‘shimcha qildi agentlik direktori. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida