Foto: IIV axborot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 12 fevral soat 11.30larda mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
1984 yilda tug‘ilgan A.B. o‘zining boshqaruvidagi «Matiz» avtomashinasini Abay OFY hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 yo‘lining 645-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1987 y.t. Sh.T. boshqaruvidagi «MAN» yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etishi natijasida yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Foto: IIV axborot xizmati
Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi A.B., yo‘lovchilari — 1990 y.t. S.Mamutova, 2019 y.t. M.Q. hamda 1965 y.t. T.R.lar voqea joyida vafot etgan.
Foto: IIV axborot xizmati
Shuningdek, «Matiz» avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari, 1989 y.t. S.S., 2000 y.t. D.Q. hamda «MAN» yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.T.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi