00:09 / 02.03.2020
3 024

AQSH maxsus vakili: Mirziyoyev tashabbusi Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarida katta rol o‘ynadi

AQSH maxsus vakili: Mirziyoyev tashabbusi Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarida katta rol o‘ynadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Afg‘on muammosini hal etmasdan turib, tinchlik hukm surayotgan va gullab-yashnayotgan Markaziy Osiyo haqida gapirish mumkin emas».

29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va Afg‘onistonning «Tolibon» harakati o‘rtasida uzoq kutilgan, afg‘on xalqiga umumilliy yarashish keltirishi mumkin bo‘lgan tinchlik bitimi imzolandi.
АҚШ махсус вакили: Мирзиёев ташаббуси Афғонистон бўйича тинчлик музокараларида катта рол ўйнади

АҚШ махсус вакили: Мирзиёев ташаббуси Афғонистон бўйича тинчлик музокараларида катта рол ўйнади ➥ Батафсил: https://kun.uz/94305115

Опубликовано Kun.uz Воскресенье, 1 марта 2020 г.

Afg‘oniston O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasining ajratib bo‘lmas qismi sifatida ko‘riladi, shu sababli ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishi juda muhim. Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuviga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

Mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yil mart oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha oliy maqomdagi konferensiyani Afg‘onistonning ichki sulh jarayonining faollashuviga O‘zbekistonning muhim ulushi sifatida tilga olish mumkin.

O‘sha muhim tadbirda O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari, BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari bo‘lgan barcha davlatlarning, mintaqadagi mamlakatlarning hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etishgan edi.

O‘shanda Toshkent konferensiyasida chiqish qilar ekan, O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistondagi mojaroni hal etish yo‘llari bo‘yicha aniq strategik qarashlarini namoyish etgan edi va Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirishda dasturilamal bo‘lgan «Toshkentning afg‘on siyosati»ning asosiy ustuvorliklarini belgilab bergan edi.

Forumning asosiy yakuni Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatishning asosiy prinsiplari bo‘yicha mintaqaviy va global darajada to‘liq hamfikrlikni mustahkamlagan Toshkent deklaratsiyasining bir ovozdan qabul qilinishi bo‘lgan edi.

Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilari Afg‘onistondagi tinchlik jarayonida O‘zbekistonning roli qay darajada bo‘lgani borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Jumladan, AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod MTRK muxbiriga shunday dedi:
— O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan Toshkent konferensiyasi hozirgi amaliy natijalarga erishishda muhim asos bo‘ldi. Ushbu konferensiyadan so‘ng AQSH va «Tolibon» harakatining muzokaralari o‘tkazildi. Ular shunchaki muzokaralar bo‘lgani yo‘q. Ularda Afg‘oniston ichki kuchlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish imkonini berdi.

Bundan tashqari, imzolangan bitimga ko‘ra, endi Afg‘oniston hududi xalqaro terrorchilik guruhlari uchun boshpana bo‘la olmaydi. Bu masala, albatta, shartnomani imzolagan taraflar tomonidan keyinchalik kuzatuv ostiga olinadi. Bosh maqsad — Afg‘onistonda bus-butun tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi. Yana bir bor prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bugungi kunda favqulodda katta rolga ega bo‘lganini ta’kidlamoqchiman.

…Uzoq kutilgan tinchlik jarayoni mintaqa uchun, butun jahon uchun katta imkoniyat eshiklarini ochadi. Shu nuqtayi nazarda qaraganda iqtisodiyot, savdo-sotiq, mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish uchun yangi istiqbollar ochiladi. Mintaqada yangi ish o‘rinlari yaratiladi, sanoat, transport-logistika sohasi taraqqiy topadi, — dedi Xalilzod.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH maxsus vakili: Mirziyoyev tashabbusi Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarida katta rol o‘ynadi