
2020 yilning 28 fevral kuni noma’lum shaxs Toshkent tumani Qorasaroy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan, 24 yoshli Sh.X. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» avtomashinasini haydab qochdi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan va hozirda manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum, 21 yoshli A.Y. sodir etganligi aniqlanib, olib qochgan avtomashinani Toshkent shahar hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan. A.Y. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar