23:45 / 05.03.2020
2 541

Komil Allamjonov: «Hali ham jurnalistlarga tahdidlar, bosimlar, adolatsizliklar bor»

Komil Allamjonov: «Hali ham jurnalistlarga tahdidlar, bosimlar, adolatsizliklar bor»
Foto: @allamjonov_ki
Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda so‘zga chiqqan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov matbuot xodimlarida o‘zini senzura qilish, qo‘rquv hali ham borligini, chunki davlat idoralari xodimlari tomonidan turli tahdidlar, bosimlar, adolatsizliklar mavjudligini qayd etib o‘tdi.

«Ularni himoya qiladigan yagona organ bu — sud bo‘lishi kerak. Lekin buning uchun eng asosiysi — sudlar amalda mustaqil ishlashi, ularda doim adolat bo‘lishi kerak, har bir norozi fuqaro ko‘chaga chiqishi emas, boradigan joyi sud bo‘lishi kerak va aholida sudlarga nisbatan ishonch kuchli bo‘lishiga erishish kerak.

Shuning uchun ham bugungi bizning tadbirimizga o‘xshagan konferensiyalar, tajriba almashish, doimiy muloqotlar juda muhim
», deydi Komil Allamjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov: «Hali ham jurnalistlarga tahdidlar, bosimlar, adolatsizliklar bor»